Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida 4-5 aprel kunlariga mo’ljallangan "Qishloq xo‘jalik mahsulotlarida xavfsiz oziq-ovqatlar ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari" mavzusida Respublika ilmiy va ilmiy-texnik anjumani o'z ishini boshladi.

Dastlab anjumanning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda oliygoh rektori v.v.b., professor Sardor Xodjaniyazov kirish so'z bilan ochib berdi hamda fakultetda yosh tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida to’xtaldi va anjuman faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. 

Ta’kidlash joizki, ushbu anjumanda Respublika oliy ta’lim muassasalari hamda xorij mamlakatlari, jumladan, Daniyaning Kopengagen universiteti, shuningdek, Rossiyaning nufuzli oliygohlaridan 50 nafardan ortiq professor-o’qituvchi va tadqiqotchilar ishtirok qilmoqda.

Konferensiya davomida Daniyaning Kopengagen universiteti Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi dotsenti Soren Balling Engelsen, Federal davlat avtonom ilmiy muassasasi Nonvoylik sanoati ilmiy-tadqiqot institutining bosh ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori, professor Valeriy Yakovlevich Chernix hamda boshqa ishtirokchilar tomonidan “Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga qo’yiladigan talabalar va sifatni boshqarish”, “Oziq-ovqat sanoatida zamonaviy texnologiyalar” kabi dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzlar qilinmoqda.

Anjuman o’z ish faoliyatini sho’balar yig’ilishida kunning ikkichi qismida ham davom ettiradi.