Urganch davlat universiteti rahbariyati Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari jamoasi bilan uchrashdi

Bugun, 24-iyun kuni Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov hamda barcha prorektorlar tomonidan Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi. Unda fakultet faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda talabalar bilan yanada ko‘proq ishlash, ularning ilmiy va amaliy salohiyatini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, sababsiz dars qoldirgan talabalar bilan individual ishlash muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, talabalar amaliyotini sifatli tashkil etish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, KPI tizimi asosida o‘qituvchilar faoliyatini baholash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, “Kelajakka qadam” loyihasi, “Dolzarb 90 kun” loyihasida faol ishtirok etish, xorijdan taklif etilgan professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, grantlar va xalqaro loyihalarda ishtirok etish, ta’lim eksporti, jumladan, yozgi maktablar orqali chet ellik talabalarni jalb qilish, fakultetda xorijiy tillarni o‘rganishni kuchaytirish, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha olimpiada jamoalarini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish kabi ko‘plab muhim yo‘nalishlar muhokama etilib, zarur ko‘rsatmalar berildi.