2020 yil 7-fevral kuni Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakul’teti talaba yoshlari bilan “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga Oliy Majlis qonunchilik palatasi Deputatlari Aminov Nosirjon, Xodjaeva Mohira Mirzahmadovna va Kamolbek Jumaniyozovlar tashrif buyurdilar. Uchrashuvni universitet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor t.f.d. S.R.Davletov olib bordi.