4-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Biznes marafon” seminar-treningi tashkil etildi.
Ushbu tadbir bitiruvchi yoshlarni kasbiy yo‘naltirish, mehnat bozoridagi real talablar bilan tanishtirish va ularga kelajakdagi faoliyat yo‘lida motivatsiya berish maqsadida o‘tkazildi.
Seminar-treningda "Tilla domor" xususiy korxonasi rahbari F.Quranbayev, "UZTEX GROUP" MCHJ KK Urganch filiali rahbari Q.Bobojonov, Xorazm viloyati MMTB Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish sho'basi boshlig'i G.Jumanova, Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm tajriba stansiyasi direktor o'rinbosari F.Jumaniyozov hamda "DATA UNION" MChJ direktori, DATA brendi ostidagi kompaniyalarning kadrlar masalalari bo'yicha direktori Z.Ro'zmetovlar ishtirok etishdi.
Ular o‘zlarining faoliyat yo‘llari, yutuqlari, duch kelgan qiyinchiliklari va ularni qanday yenggani haqida so‘zlab berishdi. O‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, yoshlarga muvaffaqiyat kaliti bo‘lgan sabr, tashabbuskorlik va maqsad sari qat’iyat bilan intilish muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.
Bunday uchrashuvlar bitiruvchi yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni kelajakdagi faoliyatiga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
