Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasida 2025-yil 31-oktabr kuni 447-xonada navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi. Ilmiy-nazariy seminarda "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari qatnashdilar. Seminarda "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi Urazmetov Ravshanbekning “Ilmiy-fantastik diskursning o'ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar. Kafedra ilmiy-nazariy seminarlarining tashkil etilishi va dolzarb mavzular muhokamasi yosh mutaxassislar uchun yanada foydali bo'lishi ta'kidlab o'tildi.
