Bugun, 5-noyabr kuni Urganch davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari Talabalar turar joyida bo'lishdi. U yerda ular talabalarning yashash sharoiti, tozalik, tartib-intizom va umumiy muhit bilan tanishdilar hamda talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazishdi. Uchrashuvda “Atrof-muhitni muhofazasi oyligi” doirasida kafedra katta o‘qituvchisi R.Urzametov, o‘qituvchi F.Karimova hamda stajor-o‘qituvchi H.Matqurbanovalar tomonidan atrof-muhitni asrash, tabiatga e’tibor, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy mas’uliyat masalalari haqida fikr yuritildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar talabalarga oshxona va xonalarni ozoda saqlash, tozalik va gigiyena qoidalariga rioya qilish, jamoaviy yashash madaniyatiga amal qilish bo‘yicha foydali tavsiyalar berdilar.
