2024-yil 19–24 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik-tanlovida Urganch davlat universiteti Fizika kafedrasi 3-bosqich talabasi Doniyor Ismoilov faol ishtirok etdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini ilm-fan, innovatsiya va texnologiya sohalarida yangi g‘oyalar yaratishga undash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan nufuzli musobaqalardan biridir.
Doniyor Ismoilov tanlovda “Quyosh nuri bilan binolarni yoritish” nomli innovatsion loyihasi bilan ishtirok etib, energiya tejamkor texnologiyalarni amaliy hayotga tatbiq etish yo‘nalishida yuqori natijalarga erishdi. Loyiha respublika bosqichida g‘olib deb topildi va u bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Doniyorning bu yutug‘i uning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi, ekologik muammolarga e’tiborli yondashuvi hamda ijodiy va innovatsion fikrlash qobiliyatining yorqin ifodasidir. U ilmiy-ijodiy izlanishlari orqali yoshlar orasida fan va texnologiyaga bo‘lgan qiziqishni oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.