Urganch davlat universitetida “Biznes marafon” motivatsion seminar-trening tashkil etildi

7-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamda O‘zbekiston xalqaro Islomshunoslik akademiyasi hamkorligida bitiruvchi talabalar uchun “Biznes marafon” motivatsion seminar-trening tashkil etildi. 

Mazkur uchrashuv yoshlarni tadbirkorlik ruhida tarbiyalash, ularni iqtisodiy tafakkurga, mustaqil fikrlash va tashabbuskorlikka yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o'rinboasari S.Salayev, O‘zbekiston xalqaro Islomshunoslik akademiyasi professori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi N.Tuxliyev, akademiya professori, iqtisodiyot fanlari doktori R.Abdullayev, Xorazm viloyatidagi barcha bank tizimi masʼul xodimlari hamda Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov boshchiligida universitet professo-o'qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Seminar davomida mutaxassislar yoshlarni biznes sohasida faol bo‘lishga, yangi g‘oyalar va innovatsion tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etishga undovchi fikrlar bilan chiqish qildilar. Uchrashuv talabalarga motivatsiya, ishonch va kelajak sari dadil odim tashlash ruhini ulashdi.