2021-yil 28-yanvar kuni Filologiya fakultetining “O`zbek tilshunosligi” kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda dots.Q.Olloyorov "Til va dialektlarni areal o‘rganish masalalariga doir mulohazalar", o'qituvchi M.Ro‘zmetova "Oykodomonimlarni tadqiq qilish masalasi" hamda magistrant Z.Sharipova magistrlik dissertatsiyasiga oid ilmiy ma'ruza qildilar. Seminarda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari, magistr talabalari faol qatnashib, ma`ruzachilariga mavzu yuzasida o`zlarining fikrlarini bildirib, takliflar berdilar.