2021-yilning 26-aprel kuni siyosiy partiyalar, mahalliy kengash deputatlari hamda OAV vakillari: jurnalistlar, axborot xizmatlari rahbarlari va blogerlar ishtirokidagi o`quv seminarlarining navbatdagi o`quv mashg`ulotlari o`z ishini boshladi.
O`quv seminarlarining ochilishida Urganch davlat universiteti prorektori, t.f.d. S.Davletov ishtirok etib, dastavval, siyosiy partiyalar va OAV vakillari hamda mahalliy kengash deputatlari uchun tashkil etiladigan o‘quv kursining maqsadi va o‘quv jarayonini tashkil qilish masalalari yuzasidan tanishuv olib bordilar.
Shundan so`ng, kun tartibidagi masalalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari kabi mavzular yuzasidan o`quv seminarlar o`tkazildi.
Dars jarayonlari interfaol va zamonaviy pedtexnologiyalar asosida UrDU professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.