2025-yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi nishonlanadi

Prezident Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Mustaqillik davrida Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Xususan, keyingi yillarda Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida uning haykali o‘rnatildi, Samarqand shahrida uy-muzeyi tashkil qilindi, iste’dodli dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot ta’sis qilindi.