Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ta’lim jarayonlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan dual ta’lim tizimi tobora kengayib bormoqda. Mazkur tizim talabalarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki ishlab chiqarish jarayonida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni ham chuqur o‘zlashtirish imkonini bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3151-sonli qarori asosida Urganch davlat universiteti Elektrotexnika va energetika kafedrasi talabalariga dars jarayonlari ikki yo‘nalishda olib borilmoqda — universitetda nazariy bilimlar o‘zlashtirilsa, korxonalarda real ishlab chiqarish muhitida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Bugungi kunda Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari hamda Elektr energetikasi yo‘nalishida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalari har hafta Juma va Shanba kunlari Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasida malakaviy amaliyot o‘tamoqdalar.
Mazkur tajriba nafaqat talabalarning kasbiy tayyorgarligini kuchaytiradi, balki ularni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Dual ta’lim tizimi — bu zamonaviy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi samarali ko‘prik bo‘lib, yoshlar uchun haqiqiy tajriba maktabiga aylanmoqda.


.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)