Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan UrDU tuzilmasidagi

Konferensiyada Ma'mun universiteti Ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar fakulteti talabalari, "Tarix" kafedrasi katta oʻqituvchilari ishtirok qildi. Tadbirda  muzey direktori t.f.n, dots. Y. Rahmonova va PhD., dots O. Matqurbonov Boburning adabiy merosi, davlat boshqaruvidagi islohotlari, ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar berdi. 

????Talabalar o'z ma'ruzalari bilan faol qatnashdilar . Jumladan , sirtqi ta'lim yo'nalishi 22-2 guruh talabasi Xudayberganova Roxatjon "Zahiriddin Muhammad Boburning ijodida Vatan sog'inchi" , 24-1 guruh talabasi Otaboyeva Zuxraning "Экономическая и политическая система во времена Захириддина Мухаммада Бабура" va "Babur - a great leader or great victories that contributed to the development of world military art" , 24-1 guruh talabasi Ko'palboyeva Laylo "Zahiriddin Muhammed Boburun sanata, mimariye va bilime olan ilgisi" , Ro'zimboyev Samandar "Zahiriddin Muhammad Boburning davlat boshqaruvida insonparvarlik g'oyalarining ustunligi" , Ibadullayeva Oymarjon "The legacy and memory of Zahiriddin Muhammad Bobur", 24-2 guruh talabasi Iskandarova Gulshoda "Zahiriddin Muhammad Bobur davrida Markaziy Osiyo va Hindiston o'rtasidagi aloqalar", hamda filologiya yo'nalishi 23-2 guruh talabasi Sapayeva Baxtiniso "Жизнь и деятельность Захириддина Мухаммада Бабура" mavzularida o'z ma'ruzalarini turli tillarda taqdim qildilar  va konferensiya qatnashchilarida katta taassurot qoldirdilar.

????Konferensiya davomida talabalar Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, betakror she’riyati, sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma’lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari xususida oʻzbek, ingliz, turk va rus tillarida atroflicha so‘z yuritildi. Konferensiyada faol ishtirok qilgan talabalar muzey tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.