Ona tabiatni sevish va ardoqlash, insonni qadrlash, muruvvat va mehr-oqibat, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan Navroʻz xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir.
Ana shunday farahbaxsh kunlarda Navroʻzi ayyom munosabati bilan Urganch davlat universiteti Tarix fakultetida ham "Milliy taomlar koʻrgasmasi" tashkil etildi. Unda fakultet jamoasi faollikda oʻzbek milliy taomlarini namoyish etdilar.


