2022-yil 6-aprel sanasida Xorijiy filologiya fakulteti "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda "Ichan qal’a" davlat muzey qo'riqxonasi hamkorlikda universitet Madaniyat saroyida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Uchrashuvni UrDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish so'zi bilan ochib berib, talabalarga ular yetuk gid hamroh bo'lishlari uchun yurtimiz tarixi haqida xorijiy va mahalliy sayyohlarga yetarli ma’lumot bera bilishlari alohida ahamiyatga egaligini va yurtimiz tarixiga oid ayrim ma’lumotlarni keltirib o'tdi.
Seminar-treningda "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda "Ichan qal’a" davlat muzey qo'riqxonasi ilmiy xodimi Sh.Mayliyeva va ushbu muzey - qo'riqxona tarjimoni, bosh mutaxassisi R.Tairova talaba-yoshlarga "Gid hamrohligi metodologiyasi" mavzusi yuzasidan qimmatli ma’lumotlar berishdi.
Talabalar tashrif buyurgan mutaxassislarga o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.


