Kunning birinchi yarmida O‘zbekistonda ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning huquqiy asosi, mamlakatda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarni amalga oshirishda oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning huquq-tartibot organlari bilan ta’lim muassasalarining hamkorligi, oila-turmush doirasida jinoyatlarning sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar, taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda xotin-qizlarning oʻrni, talaba-qizlarning kiyinish madaniyati, gender talablari asosida oilada qizlarni tarbiyalash usullari, Oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari kabi qator dolzarb masalalar yuzasida seminar qatnashchilarining maʼruzalari tinglandi va ma’ruzalar yuzasidan muzokaralar, savol-javoblar boʻlib oʻtdi.


