Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida fakultet tyutorlari tomonidan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda Respublika ixtisoslashtirilgan Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati mintaqaviy filiali reabilitatsiya bo‘limi vrachi, nevrolog-narkolog D.Eshchanov va Viloyat IIB JQB giyohvand va psixatrop moddalarni noqonuniy muomalasiga qarshi kurash bo‘limi katta tezkor vakili, leytenant J.Zaripov ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida toʻxtalib, inson umrining zavoli boʻlgan ushbu illatning salbiy oqibatlari, narkotik moddalarni isteʼmol qilgan shaxslarning psixologik va tibbiy holati, organizmidagi oʻzgarishlari toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib, statistik maʼlumotlar asosida yoshlarga keng tushuntirishlar berildi.