Urganch davlat universiteti Kengashining 1-majlisi boʻlib oʻtdi

Bugun, 28-avgust kuni yangi oʻquv yili boshlanishi oldidan Urganch davlat universiteti Kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda universitet rektori, Kengash raisi B.Abdullayev hamda 69 nafar Kengash aʼzolari ishtirok etdilar.

Dastavval rektor B.Abdullayev universitetning qator oʻqituvchilari, xususan, F.Masharipova, D.Yodgorov, S.Madaminovlarga PhD diplomlarini, Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi "KIWIE 2023"da munosib ishtirok etib, Oltin medalni qoʻlga kiritgan Tabiiy fanlar fakulteti “Kimyo” kafedrasi dotsenti M.Baltayevaga medal va guvohnomani, shuningdek, “Quiz test”da eng yuqori ball toʻplagan talabalarga diplomlarini tantanali topshirib, qizgʻin tabrikladi. 

  Kengashining birinchi yigʻilishida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

-Yangi o‘quv yili uchun universitet Kengashi ish rejasi va kengash tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida;
-Yangi 2023-2024 o‘quv yili uchun barcha turdagi ish rejalarini va me'yoriy hujjatlarni muhokama qilish va tasdiqlash to‘g‘risida;
-2023-2024-o‘quv yili uchun Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
-Universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining 2023-2024-o’quv yili uchun “Yo’l xaritasi”ni muhokama qilish va tasdiqlash  to‘g‘risida.

  Shuningdek, saylovlar va turli masalalar ham Kengash kun tartibidan joy oldi.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti Kengashining 1-majlisi boʻlib oʻtdi