Urganch davlat universitetida “Yarimo‘tkazgichli quyosh elementlari va lazer fizikasi” ilmiy o‘quv markazi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5032-sonli qarori asosida Urganch davlat universitetida “Yarimo‘tkazgichli quyosh elementlari va lazer fizikasi” ilmiy o‘quv markazi tashkil etildi. Markazda ilmiy – tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida sohaga tegishli ilmiy – tadqiqot uskunalari keltirildi va yangilari sotib olinmoqda. Markazda Fizika kafedrasi professor-o‘qituvchilari va doktorantlari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Olingan natijalarni amaliyotga joriy qilish borasida ikkita drayver loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalar yakunida ilmiy – tadqiqot ishlanmalarini amaliyotga joriy qilish uchun tavsiyalar beriladi.

Shuningdek, quyosh panellari yig‘ish liniyasini ishga tushirish orqali markazda bizning iqlim sharoitiga mos bo‘lgan quyosh panellari yig‘iladi. Panellar quyosh fotoelektrostansiyasining asosiy qismi hisoblanadi. Agar controller, akkumlyator va invertor qurilmalari mahalliylashtirilsa, quyosh fotoelektrostansiyalarining tannarxi mahalliylashtirish hisobiga arzonlashadi.

Hozirda ushbu ilmiy o‘quv markazda mavjud ilmiy laboratoriya uskunalari quyidagilar:

1. Skanerlovchi elektron mikroskop (COXEM 200 PLUS)

2. Ultrasonic spray (Cheersonic)

3. Spin coater (CY-SP4)

4. Raman spektrometri (Ocean Insight QEPro)

5. Spektrofotometr (UV-5100)

6. Kontakt burchak o‘lchagich ( Ossilla L2004A1)

7. Optik mikroskop (ML-5100)

8. Elektron tarozi (AS-320)

9. Quyosh panellari parametrlarini o‘lchovchi multimetr (PVCHECK)

10. Portativ spektrofotometr (Hopoocolor OHSP-350S)

11. 3D printer (Ender 3 Pro)

12. Lyuksmetr (CENTER 530)

13. Teplovizor (UNI-T UTi165K)

14. Quyosh panellari xususiyatlarini o‘rganish uchun qurilma.

Shuningdek, xarid qilinayotgan ilmiy laboratoriya uskunalari:

1. Quyosh panellarini yig‘ish liniyasi

2. Solar Simulator and Solar Cell I-V Test System Bundle

3. KRÜSS MSA Flexible Liquid Analyzer

4. Post vakuumnыy universalnыy VUP

5. ATR FTIR spektrometr

6. Spektrometr (FTIR-4700)

7. J.A. Woollam M-2000V Spectroscopic Ellipsometer

8. Four-Point Probe

9. UV Ozone Cleaner

10.  PECVD plasma enhanced chemical vapor deposition coating machine

11.  Empyrean X-ray Diffraction System

12.  Sharovaya melnisa

Markazda olib borilayotgan grant loyihalari:

1. UZB-Ind-2021-88-raqamli O‘zbekiston – Indiya hamkorlikdagi loyihasi “Quyosh elementlarida foydalaniladigan nanotuzilmali gidrofobik va supergidrofobik materiallarni o‘rganish mavzusida. (Loyiha rahbari K.R.Yakubov);

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi № PQ-307 son qarori 7 ilovasi bilan tasdiqlangan “Quyosh batareyalari uchun samarali kompozision shaffoflashtiruvchi qoplamalar yaratish” mavzusidagi drayver loyiha (Loyiha raxbari K.R.Yakubov );

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi № PQ-307 son qarori 7 ilovasi bilan tasdiqlangan “Quyosh panellariga turli tashqi omillarning ta’sirini kompleks o‘rganish uchun kompyuterda boshqariladigan uskuna ishlab chiqarish” drayver loyiha (Loyiha raxbari K.R. Yakubov).

Hozirda Xitoylik hamkorlar bilan loyiha tayyorlash ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun rejali ishlar qilinmoqda.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yarimo‘tkazgichli quyosh elementlari va lazer fizikasi” ilmiy o‘quv markazi tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yarimo‘tkazgichli quyosh elementlari va lazer fizikasi” ilmiy o‘quv markazi tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yarimo‘tkazgichli quyosh elementlari va lazer fizikasi” ilmiy o‘quv markazi tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Yarimo‘tkazgichli quyosh elementlari va lazer fizikasi” ilmiy o‘quv markazi tashkil etildi