Maqsadimiz - taʼlimni sifatli tashkil etish

Urganch davlat universitetida taʼlim jarayonlarini yanada sifatli tashkil etish maqsadida jahonning koʻplab nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, dars jarayonlariga xorijning salohiyatli professorlari jalb etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 4-sentabr sanasidan boshlab Turkiya Respublikasining Ege davlat universiteti professori Nilay Dereobali Pedagogika fakulteti Boshlangʻich ta'lim yoʻnalishi 4-kurs talabalariga maʻruza va amaliy mashgʻulotlarni olib bormoqda.

Talabalar uchun oʻz yoʻnalishlari boʻyicha zamonaviy taʻlim texnologiyalari, xorijning  boshlangʻich taʻlim tizimi va metodikasi, ilgʻor xorijiy tajribalar yuzasidan jonli darslar tashkil qilinmoqda.

Professor Nilay Dereobali maʼruzalari 29-sentabrga qadar davom etadi, barcha xohlovchi talabalar maʼruzalarda ishtirok etishlari mumkin.

urdu.uz,  Maqsadimiz - taʼlimni sifatli tashkil etish

urdu.uz,  Maqsadimiz - taʼlimni sifatli tashkil etish

urdu.uz,  Maqsadimiz - taʼlimni sifatli tashkil etish

urdu.uz,  Maqsadimiz - taʼlimni sifatli tashkil etish