Talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ'ib qilish, kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirishni maqsad qilgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovi bugungi kunda universitetimiz yoshlarini o'z atrofiga jam qilmoqda.
UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan ushbu ko'rik-tanlovining yangi o'quv yiliga mo'ljallangan navbatdagi soni bugun, 27-sentabr kuni bo'lib o'tdi. Unda universitet rahbariyati va O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok qildi.
Dastlab fakultet dekani D.G'ayipov nutq so'zlab, tadbirni ochib berdi.
Tanlov o'zbek adabiyotining taniqli yozuvchisi Nazar Eshonqulning "Urush odamlari" asari va rus tilida rus adabiyotining iste'dodli vakili A.I.Soljenitsinning "Birinchi doirada" ("В круге первом") asari yuzasidan tuzilgan shartlar asosida olib borildi va unda fakultetning 8 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.
Ayniqsa, Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 201-guruh talabalari badiiy chiqish barcha dillarga xush yoqdi.
Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi. Shu yilning dekabr oyida boʻlib oʻtadigan final bosqichga yoʻl olishdi.
Tanlov natijalariga ko'ra:
1-o'rin: 221-o'zbek tili guruhi talabasi Qurbonova Gulasal
1-o'rin: 222-yevro guruhi talabasi Rajabova Shahina
2-o'rin: 203-o'zbek tili guruhi talabasi Rustamova Mohichehra
3-o'rin: 216-o'zbek tili guruhi talabasi Abdukarimova Muhlisa