“Inson huquqlarini ta’minlashda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning ahamiyati” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Bugun, 18-oktabr kuni Urganch davlat universitetida Ombudsmanning Xorazm viloyati mintaqaviy vakili O.Olloyorov ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish, ularni qonunchilikdagi yangiliklardan boxabar qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuvni UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev ochib berib,  moderatorlik qildi. 

Mazkur uchrashuvda dastlab, Ombudsman vakili O.Olloyorov soʻz olib, inson qadr-qimmati, shaʼni, g‘ururi, manfaatlari haqida toʻxtaldi  va uni taʼminlash, huquqini amalda kafolatlash, inson huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi, qabul qilinayotgan barcha qonunlarning zamirida inson manfaati turganligi borasida atroflicha soʻz yuritdi. 

UrDU Bosh yuristkonsulti, yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori Sh.Atayev mamlakatimizda inson huquqlarini kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik tizimidagi soʻnggi oʻzgarishlar, “Inson huquqlari” deklaratsiyasi mazmun-mohiyati haqida talabalarga maʼlumotlar berdi. 

Uchrashuv soʻnggida talaba-yoshlarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi.

urdu.uz, “Inson huquqlarini ta’minlashda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning ahamiyati” mavzusida uchrashuv tashkil etildi