Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning fakultetlar kesimida universitet professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlari davom etmoqda

Bugun 3-yanvar kuni rektor B.Abdullayev Sport va san’at fakulteti jamoasi bilan uchrashdi. Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibodullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov hamda fakultet dekani S.Koʻpalov boshchiligida barcha professor-oʻqituvchilar va tyutorlar ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda 2023-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar fakultetlar misolida sarhisob qilinib, yangi yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama etildi.
Professor-oʻqituvchilarning ilmiy faoliyati yuzasidan qilingan ishlarni tahlil qilindi, shuningdek, taʼlimni sifatli tashkil etish, Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalar chop qilish borasida tegishli topshiriqlar berildi. Ochiq va samimiy muloqot shaklida o’tgan uchrashuvda fakultet jamoasi o’zining fikr va mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Sport va sanʼat fakultetda jami 1112 nafar talaba tahsil oladi. Hozirda mavjud  3 ta kafedrada asosiy shtatda 77 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritishadi (shulardan 25 nafari fan nomzodi, dotsent va professorlar, 11 nafar katta o'qituvchilar, 41 nafar o'qituvchi va stajor o'qituvchilar).  Fakultet ilmiy salohiyati  27 % ni tashkil qiladi. 2023-yilda  1 nafar fan doktori, 8 nafar falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun himoyalar qilindi.