Bugun kunning ikkinchi yarmida UrDU rektori B.Abdullayev Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti dekani J.Ro’zimov hamrohligida fakultetning barcha professor-oʻqituvchilari va tyutorlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Fakultet jamoasining erishgan yutuqlari eʼtirof etildi. Ilmiy faoliyatga alohida eʼtibor qaratilib, taʼlimni sifatli tashkil etish, pedagoglarning mahoratini oshirish borasida bajarilishi lozim boʻlgan galdagi vazifalar belgilab olindi.
Bugungi kunda Tabiiy va qishloq xoʼjaligi fanlari fakultetida jami 2934 nafar talaba tahsil oladi. Hozirda mavjud 7 ta kafedrada asosiy shtatda 131 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Fakultet ilmiy salohiyati 46,6 % ni tashkil qiladi. 2023-yilda PhD ilmiy darajasini olish uchun 3 nafar oʻqituvchi nomzodlik ishini himoya qildi.