Unda kun tartibidan o‘rin olgan masalalar, xususan, universitetning 2024-yilgi yillik daromadlar va xarajatlar parametrlari muhokamasi hamda 2024-yilgi biznes rejasini tasdiqlash, universitetning oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati bo‘yicha 2023-yilgi xalqaro hamkorlik faoliyati va universitet “Rahbar xodimlari (rektor, prorektor, dekanlar) hamda boshqa toifadagi xodimlarini faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (KPI)” asosida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ustama haq belgilash kabi qator masalalar muhokama qilindi, masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida belgilangan vazifalar ijrosi muntazam ta’minlab borilishi yuzasidan rejalar belgilab olindi va bu borada mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.