URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA “KIMYONING DOLZARB MUAMMOLARI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO’LIB O’TMOQDA

Bugun Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti tashabbusi bilan 21-22 iyun kunlariga moʻljallangan “Kimyoning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻz ishini boshladi.

Dastlab universitetning Madaniyat saroyida anjumanning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev kirish so’zi bilan ishtirok etib, konferensiya faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. 

Konferensiyada Samarqand davlat universiteti “Fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi mudiri, prof. N.Q.Muxamadiyev, Buxoro davlat universiteti “Organik va fizkolloid kimyo” kafedrasi prof. B.B.Umarov, O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti “Quyi molekular biologik faol birikmalar” laboratoriyasi mudiri, prof. A.D.Matchanov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Umumiy va neft-gaz kimyosi” kafedrasi prof. S.E.Nurmanov, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali prof. D.X.Mirxamitova, O‘zR FA Xorazm Ma’mun akademiyasi Aniq fanlar boʻlimi boshlig‘i, dots. O.I. Xudoyberganovlar hamda Urganch davlat universiteti “Kimyo” kafedrasi dotsentlari, universitet professor-o’qituvchilari va magistrantlari ishtirok etishdi.

Anjumanda noorganik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyo sohalaridagi dolzarb muammolar, yuqori molekular birikmalar kimyosi, organik va bioorganik kimyodagi ilmiy yangiliklar, shuningdek, kimyo ta’limi samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari va ularning yechimlari to’g’risida ma’ruzalar qilindi. 

Konferensiya o’z faoliyatini sho’balar yig’ilishida davom ettiradi.