Urganch davlat universiteti

Mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib etish, jumladan, Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida joriy yilning 9-11-avgust kunlari anʼanaviy "Qovun sayli" festivali tashkil etilmoqda.  Mazkur nufuzli festivalni yuqori saviyada oʻtkazilishida Urganch davlat universiteti jamoasi har yili oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Bu yil ham oliygohimiz o’z povilyoniga ega bo’lib, ayni kunlarda universitetda festivalga tayyorgarlik ishlari qizg’in tus olgan. 

Ahamiyatlisi shundaki, Urganch davlat universiteti oʻtgan yilgi “Qovun sayli”da 30 nomdagi 93 tur bir-biridan farq qiluvchi eksponatlar bilan ishtirok etgan boʻlsa, bu yil 80 nomdagi 175 tur qovun va boshqa poliz ekinlarini qayta ishlash orqali yaratilgan mahsulotlari bilan qatnashishni maqsad qilingan. Ushbu mahsulotlarni yaratishda xalqaro sifat, betakror taʼm va ilgʻor dizaynga alohida eʼtibor berilgan.  Bu, albatta, universitetning  Kimyoviy texnologiyalar fakulteti olimlarining tinimsiz izlanishlari samarasidir.