Joriy yilning 18-dekabr kuni Urganch davlat universitetiga Ozarbayjon davlatining G‘arbiy Kaspiy universiteti Biznes va mahalliy boshqaruv fakulteti dekani, prof. Natig Mirzayev tashrif buyurdi. Mehmon bilan UrDU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘ayrat O‘razboyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi E.Yoʻldoshev hamda Iqtisodiyot kafedrasi professori B.Ro‘zmetovlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda prorektor G‘.O‘razboyev universitetning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, xalqaro hamkorlik aloqalari bilan taqdimot va videoroliklar orqali tanishtirdi. Kelgusidagi hamkorlik aloqalari muhokama etildi.
Muloqot natijasi oʻlaroq, G‘arbiy Kaspiy universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida shartnoma imzolandi. Ushbu kelishuv iqtisodiyot, turizm va boshqa sohalarda talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini amalga oshirishni koʻzda tutadi.
Shundan soʻng, prof. Natig Mirzayev Filologiya va san’at fakultetida tashkil etilgan Yusuf Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O’zbekiston do’stlik markazida bo‘ldi. U yerda fakultet dekani D.G‘ayipov markazdan joy olgan Ozarbayjonning milliy-maʼnaviy qadriyatlari, tarixi, adabiyoti, madaniyati va san'atini aks qildiruvchi kitoblar, ulugʼ shoir va yozuvchilarning siymolari bilan tanishtirib o‘tdi.