Urganch davlat universiteti rahbariyatining fakultetlar jamoasi bilan uchrashuvlari davom etmoqda

Bugun, 25-iyun kuni ham Urganch davlat universiteti rahbariyatining fakultetlarning professor-o‘qituvchilari jamoasi bilan uchrashuvlari davom etdi.  Xususan, universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov hamda barcha prorektorlar dastlab Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti, keyin esa Filologiya va sanʼat fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashishdi. 

Uchrashuvlarda oʻtib borayotgan oʻquv yili davomida fakultetlarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar eʼtirof etildi hamda galdagi vazifalar belgilab olindi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, talabalar amaliyotini sifatli tashkil etish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv reja va dasturlarini shakllantirish, KPI tizimi asosida o‘qituvchilar faoliyatini baholash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, “Kelajakka qadam” loyihasi, “Dolzarb 90 kun” loyihasida faol ishtirok etish, grantlar va xalqaro loyihalarda ishtirok etish, ta’lim eksporti, xorijiy tillarni o‘rganishni kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish kabi ko‘plab muhim yo‘nalishlar muhokama etilib, zarur ko‘rsatmalar berildi.