Sudyalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yil 19-aprel kuni Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Maʼmuriy sudining sudyalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Xorazm viloyat Maʼmuriy sudining sudyalari Oʻ.Hasanov, T.Ibragimov, D.Yusupov, X.Xojayev, UrDU Bosh yuriskonsulti Sh.Atayev, Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” qilish boʻlimi boshligʻi H.Shihova, Tyutorlari kengashi raisi R.Matchonov hamda Tabiiy fanlar fakultetining oʻqituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Targʻibot tadbirida sudyalar tomonidan “Yangi O‘zbekiston-huquqiy demokratik davlat inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy asoslari, qonunchilikni yanada rivojlantirish istiqbollari”, “Mamlakatimizda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlashning asosi sifatida mulk huquqini sud orqali himoya qilish Konstitutsiyaviy islohotlarning muhim ustuvor yo‘nalishi” mavzularida maʼruzalar qilindi.                                                                       

Talabalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar, qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada sud-huquq tizimiga oid oʼzgartirish va qoʼshimchalar haqida  ma’lumotlarga ega boʼldilar.

Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, sudyalar talabalarning barcha savollariga javoblar berdilar.

urdu.uz, SUDYALAR BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz, SUDYALAR BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz, SUDYALAR BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

urdu.uz, SUDYALAR BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI