Bugun Urganch davlat universitetida 28-aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab, “Xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoiti – mehnat sohasidagi asosiy prinsip va huquqdir” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda UrDU Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Q.Xamrayev, Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi xodimlari, “Ekologiya va hayot faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda fakultet va bo‘limlardan mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar ishtirok qildilar.
Tadbirni UrDU kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Q.Xamrayev ochib berdi hamda 2023-yil uchun mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik ishlari bo‘yicha Urganch davlat universiteti ma’muriyati bilan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan kelishuv hamda 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 8-bo'limi, ya'ni Mehnatni muhofaza qilish bo'limi bandlari bilan tanishtirib o‘tdi.
Shundan soʻng, Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi boshlig’i I.Ibragimova soʻzga chiqib, universitetda xodimlar uchun mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisalarni oldini olish, ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha 2023-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari mehnat muhofazasining huquqiy-tashkiliy asoslari va universitetda xodimlar uchun mehnat xaxfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yongʻin chiqishini oldini olish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini haqidagi yoʻriqnomalar haqida ma’ruza qildilar.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qildilar.