UrDUda matematika bo'yicha an'anaviy xotira turniri bo'lib o'tmoqda

Bugun, 5-may kuni Urganch davlat universitetida viloyatimizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Matematika fani bo‘yicha an'anaviy xotira turniri boʻlib oʻtmoqda.

Xotira turniri 1966-1995-yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti)da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab oʻtkazilmoqda.

Ochilish marosimida Respublikamiz va xorijning taniqli matematik olimlari, faxriy ustozlar, olimning shogirdlari, Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari, talabalari hamda turnirda qatnashish istagidagi maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar. 

Tadbirni UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Z.Ibragimov kirish soʻzi bilan ochib berdi. 

Shuningek, O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi A.Sa'dullayev, Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk davlat universiteti Mexanika va matematika fakulteti "Oliy matematika" kafedrasi dotsenti Danilov Oleg Aleksandrovich hamda UrDU "Matematik injiniring" kafedrasi professori  K.Navruzovlar soʻzga chiqib, ustozni yodga oldilar. Hayoti, ilmiy-ijodiy izlanishlari, matematika sohasiga qoʻshgan hissasi va bugungi kunda olimning faoliyatini davom ettirib, jamiyatda oʻz oʻrniga ega izdoshlarini eʼtirof etdilar. Bu esa turnir ishtirokilari bo'lgan maktab o'quvchilarida matematika faniga nisbatan yanada katta qiziqish uyg'otdi, deya olamiz.

Shundan soʻng, olimpiada ishtirokchilariga  turnirning o‘tkazilish tartib –qoidalari  boʻyicha tushuntirish berildi, barcha ishtirokchilarga omad tilagan holda Fizika-matematika fakultetida jarayonlarga start berildi.

urdu.uz, UrDUda matematika bo'yicha an'anaviy xotira turniri bo'lib o'tmoqda