Avval xabar berganimizdek, “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2023-yilgi asosiy sovrindori Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti o‘qituvchisi Akbar Otaboyev deb topilib, Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”da boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida “Spark” yengil avtomobili kaliti o‘z egasiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan topshirildi.
Joriy yil 24-may kuni Akbar Otaboyevni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bilan birgalikda talabalar oliygohimizda tantanali kutib olib, sovrindorni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklashdi.
Quvonarlisi, universitetimizning yutuqlari qatoridan joy olgan navbatdagi gʻalaba talaba-yoshlarning mazkur tanlovga, adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini yanada ortishiga sabab boʻlmoqda.