Yoshlar qalbida milliy urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimizga bo‘lgan mehr -muhabbatni kuchaytirish, talaba-qizlarning estetik didini o‘stirish va milliy liboslarimizga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida bugun, 8-iyun kuni “Yoshlar oyligi” doirasidagi ushbu festivaldan oʻrin olgan "Iste’dod, iqtidor va rag‘bat" nomli koʻrik-tanlov boʻlib oʻtdi.
Tanlovni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati aʼzosi F.Saʼdullayevaning tabrik soʻzlari tinglandi. Soʻzga chiqqanlar ushbu festival yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqimizning boy madaniy-ma’naviy merosini asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligini bildirishdi.
Tanlovda universitetimizning iqtidorli va iste'dodli 25 nafar qizlari har sohada o‘z iste’dodlarini namoyon qildilar. Yakunda esa tanlov ishtirokchilari 18 ta nominatsiya boʻyicha baholanib, munosib taqdirlandi.
Ushbu festival doirasidagi tadbirlar milliy liboslar, milliy oʻyinlar, milliy urf-odatlar koʻrgazmalari bilan davom etadi.