Bugun, 15-iyul kuni Urganch davlat universitetida “Oliy taʼlim muassasasida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar tahlili” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda viloyatdagi matbuot kotiblar, universitet ilmiy izlanuvchilari, doktorant va yosh olimlari ishtirok etdilar.
Anjumanda UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Zafar Ibragimov ishtirokchilarga Urganch davlat universitetida ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berdi.
Ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pеdagogik faoliyat, universitetda ilmiy ishlarning borishi, ilmiy salohiyatni oʻsishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar, xorijiy mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari, shartnomalar, doktorant va yosh olimlarni stajirovkalarga joʻnatish masalasi, bugungi kunda oliy taʼlim tizimida chet tillarini oʻrganishni kun tartibidagi dolzarb masalaga aylanganligi borasida soʻz yuritildi.
Qolaversa, ilmiy etiketga amal qilish, ilmiy madaniyatni oshirish, bu borada xorijiy til bilish zaruratlari, ilmiy maqola va dissertatsiya yozishni oʻziga xos muhim jihatlari va bunda ilmiy rahbarning oʻrni kabi masalalar tahlil qilindi.
Anjuman davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.