Ayni paytda Urganch davlat universitetida kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida https://urdu.uz/uz maxsus elektron platformasi orqali roʻyhatdan oʻtgan talabgorlar testdan oʻtkazilmoqda.
Nomzodlarni ishga qabul qilish jarayonini ochiq va shaffofligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, test jarayonlari video kuzatuvi yoʼlga qoʼyilgan. Ishga qabul qilish amaldagi Mehnat kodeksi va Ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilish chog‘ida o‘tkaziladigan tanlov asosida olib borilmoqda. Vakant o’rinlarga nomzodlarni tanlashda malaka talablariga mosligi, nomzod tomonidan elektron tizimga yuklangan hujjatlar ham o’rganilmoqda. Test natijalari va hujjatlar mosligi aniqlangach, nomzodlar suhbatdan oʻtkaziladi. Suhbat chogʻida mahoratli, tashabbuskor, kreativ, bilimli va salohiyatli ilmiy-pedagogik kadrlar zaxira sifatida tanlab olinadi.