Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yil 14-sentabr sanasidan Urganch davlat universitetining Urganch tumani “Mustaqillik” koʻchasida joylashgan hududida yangi talabalar turar joyining qurilish ishlari boshlandi.
UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda uzoq yillardan buyon universitetda faoliyat yuritib, hurmat-extirom qozongan yoshi ulug' professor-o'qituvchilar qo'llarini duoga ochib, yangi TTJ binosi mustahkam bo'lishini so'radilar, quruvchilarga bu borada kuch-quvvat tiladilar hamda ilk tamal toshini qo'ydilar.
Ushbu talabalar turar joyi 7 qavatdan iborat boʻlib, 600 oʻringa moʻljallab barpo etiladi. Unda Maʼnaviyat xonasi, kompyuter va sport anjomlari xonalari, kutubxona, nogironlar uchun alohida xonalar, yashash xonalari va boshqa zaruriy xonalar boʻlishi rejalashtirilgan.