Joriy yil 27-oktabr kuni Urganch davlat universiteti Texnika fakultetida “Sohibqiron Amir Temur va Temuriylarning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning ilk soni bo'lib o'tdi.
Xorazm viloyati hokimligi, Xalqaro “Amir Temur” xayriya jamoat fondi, Urganch davlat universteti, Xorazm Ma'mun akademiyasi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi Xorazm viloyati bo'limi ishtirokida tashkil etilgan konferensiyada Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev, Xorazm Ma’mun akademiyasi rahbari I. Abdullayev, “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi direktori Y.Rahmonova, “Amir Temur” xalqaro xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Sotim Avaz singari bir guruh professor-o'qituvchilar o'z maʼruzalari bilan ishtirok qildilar.
Konferensiya davomida buyuk tariximizni, ulug‘ bobokalonlarimizni, ma’naviy-ma’rifiy merosimizni o‘rganish va tatbiq qilishdagi xizmatlari uchun bir qator viloyatimiz namoyondalari ko'krak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Shu jumladan, Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev, “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi direktori Y.Rahmonova hamda “Tarix” kafedrasi oʼqituvchisi Sh.Yusupovlar ko'krak nishonlari bilan taqdirlandilar.