2023-yilning 1-noyabridan 30-noyabriga qadar “Tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori preparatlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik oyligi deb eʻlon qilindi. Shu munosabat bilan, joriy yil 3-noyabr kuni Urganch davlat universitetida Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida "Psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
O'zbekiston Respublikasi IIV tezkor qidiruv deportamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshqarma boshlig'i o'rinbosari A.Matlyubov, O'zbekiston Respublikasi IIV tezkor qidiruv departomenti jinoyat qidiruv xizmati boshqarma xodimi F.Azgarov, O'zbekiston Respublikasi IIV tezkor qidiruv departomenti jinoyat qidiruv xizmati boshqarma xodimi A.Ajanov, Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv giyohvandlik va psixator moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash bo'limi katta tezkor vakili J.Zaripov, UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, tyutorlar va barcha fakultetlardan talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda ularning iste’mol qilinishi insonlar sog‘lig‘i va farovonligiga jiddiy xavf solishi hamda jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tuzilmalariga dahl qiluvchi muammo ekanligi, giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishini tugatish vazifasi dunyodagi barcha davlatlarning umumiy vazifasi hisoblanishi, mamlakatimizda giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda Ichki ishlar organlarining olib borayotgan faoliyati xususida maʼruzalar qilindi.
Mavzu yuzasidan film namoyish qilindi hamda talaba-yoshlarga fikrlari tinglandi.