UrDUda ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash yuzasidan seminar oʼtkazildi

2023-yil 28-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi, Musulmonlar idorasi Xorazm viloyati vakili va Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda Urganch davlat universitetida seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminar shu yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida bildirilgan ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish vazifalariga qaratildi.

Unda UrDU rektori B.Abdullayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi boshlig‘i B.Abdirimov, Dunyoviylik va diniy ma’rifat masalalari Musulmonlar idorasi Xorazm viloyati vakili, Xorazm viloyati  bosh imomi, Musulmonlar idorasi vakili X.Abdullayev, UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, "O'zbek filologiyasi" fakulteti dotsenti, f.f.d. A.O'razbayev, “Tarix” kafedrasi dotsenti Sh.Nurullayeva hamda universitet professor-oʼqituvchilari, tyutorlar ishtirok etishdi. 

Seminarda Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari, dunyoviylik va diniy ma’rifat masalalari, ma’rifatli jamiyat qurishda kitobxonlik madaniyatining ahamiyati, “Mahalla – oliy ta’lim muassasasi – oila” o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etish masalalari, maqom va baxshichilik san’atini ilmiy asosda o‘rganish va rivojlantirish muammolari yoki istiqbollari, Markaziy Osiyo Birinchi va Ikkinchi Renessansning jahon ilm fanidagi o‘rni, yurtimizda ilm-ma’rifatning rivojlanishida o‘zbek tilini o‘qitish masalalari, muammolari, ahamiyati singari masalalarda ma’ruza qilindi.