Yangi O’zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsoli

Bugun Urganch davlat universitetida Tabiiy va qishloq xoʼjaligi fanlari fakulteti tomonidan "14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Yangi O’zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsoli" mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Davlatimiz madhiyasini kuylash bilan boshlangan tadbirni UrDU birinchi prorektori D.Ibodullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Unda Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi FIB kengash raisi, iste’fodagi podpolkovnik A.Jumaniyazov, Urganch shahar Nuroniy jamg’armasi raisi A.Abdullayev va sohaning bir guruh vakillari, universitet rahbariyati, talabalar ishtirok etdi. 

So’zga chiqqanlar Vatan oldidagi muqaddas burchini bajarishdek sharafli yo’lda faoliyat yuritayotgan Vatan himoyachilari haqida so’z yuritishdi.
Shuningdek, talaba-yoshlarning badiiy chiqishlari, bayram tabriklari namoyish etildi.