Bugun, 22-may kuni Texnika fakulteti “Transport tizimlari” kafedrasida texnika sohasida tahsil olayotgan talabalar o’rtasida 3 bosqichdan iborat “Yosh muhandis mexaniklar” tanlovi o’tkazildi.
Tanlovda fakultetning 9 ta jamoasi 3 ta shart asosida bellashib, o’z texnik mahoratlarini namoyish etishdi.
1-bosqich – Eng yaxshi innovatsion ishlanmalar ko’rgazmasi;
2-bosqich – Namuna detalni o’lchab, kompyuter dasturlari orqali ishchi chizmani tayyorlash;
3-bosqich – Avtomobilning “starter” qismini qismlarga ajratish va yig’ish.
Tadbirda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida universitet Kengashi aʼzolari ishtirok etib, tanlov doirasidagi koʻrgazma bilan yaqindan tanishdilar va tanlov jarayonlarida talabalarga omad tiladilar. Tanlov Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Z.Ibragimov tomonidan ochib berildi. Shundan soʻng, Avtomobilsozlik va traktorsizlik hamda Transport vositalari muhandisligi yoʻnalishi talabalari ishtirokidagi koʻrik-tanlov start oldi.
Tanlovning har bir bosqichi 10 ball bilan hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko’ra:
1-o’rinni "Texnika yulduzlari" jamoasi;
2-o’rinni "Avtomobilchilar" jamoasi;
3-o'rinni "Konstruktor" jamoasi.
G’olib jamoalar Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev tomonidan Diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.