Bugun Toshkent shahridagi Yunosobod sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ilk marta ommaviy ravishda sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha bo’lib o’tgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlarining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Aytish joizki, “Talabalar ligasi” musobaqalarida Urganch davlat universiteti jamoasi ham qator faxrli o’rinlarni egalladi. Jumaladan, stol tennis bo‘yicha talabalarimiz 1-oʻrinni egallab, Oltin medal sohibi bo’lishgan bo’lsa, yigitlar o‘rtasida o’tkazilgan basketbol musobaqalarida faxrli 2-o’rin egallab, Kumush medalni, voleybolchi qizlarimiz esa faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritib, Bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Bugungi taqdirlash marosimida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev, birinchi prorektor D.Ibadullayev, Sport klub raisi oʻrinbosari M.Rahimov, sportchi talaba-yoshlarimiz va ularning murabbiylari ishtirok etishdi.
Tadbirda sport musobaqalarining Respublika final bosqichi g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalariga Prezident sovg‘alari tantanali topshirildi.