Ulug’ shoir Avaz O’tar tavalludining 140 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda

"Har tilni biluv emdi bani odama jondur..."

Ushbu misralar erkparvarlik, ozodlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan ijod qilgan buyuk shoir Avaz Oʻtar qalamiga mansubdir. Bu she'r chet tillarini o‘rganishga da’vat qilishi bilan ham muhimdir. Shoir tilni insonlar, turli millatga mansub kishilarni birlashtiradigan, do‘stlashtiradigan «robitai olamiyon» - kishilarning aloqa vositasi deb ataydi. Shuning uchun ham o‘zgalar tilini ona tilidek bilish «foydai kondir» deydi.

Avaz O’tardek ma’rifatparvar ajdodlarimizni xotirlash, uning maʼnaviy merosini yosh avlodga yetish adabiyotshunos olimlarning eng ulugʻ vazifasi sanaladi. Shu munosabat bilan ayni paytda Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Oʻzbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan ulug’ shoir Avaz O’tar tavalludining 140 yilligi munosabati bilan "Filologiyaning dolzarb muammolari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda.

Dastlab anjumanni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev kirish so’zi bilan ochib berib, unda ishtirok etayotgan universitet professor-o’qituvchilariga, talaba-yoshlarga, shuningdek tadbir mehmonlariga shoir Avaz O’tar haqida fikrlarini bildirib, bugungi ayyom bilan barchani samimiy qutladi.

Mazkur konferensiyada Zoom platformasi orqali Turkiyaning Pamukkal’e universiteti, Ozarbayjon fanlar akademiyasi folklor instituti, Qozog’iston Respublikasi Jumabek Tashenev nomli universitet hamda Namangan davlat universitetlaridan olimlarning ishtiroki anjumanga xalqaro tus bermoqda.  

Konferensiyada Xorazm viloyati hokimining davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi R.Xudayberganov, UrDU O’zbek filologiyasi fakulteti dekani D.G’ayipov, f.f.d.,professor M.Asadov hamda bir qator fakultetning professor-oʻqituvchilari so’zga chiqib, shoirning hayoti va faoliyati, uning she’riyati hamda ma’rifatparvarlik va jadidchilik g’oyalarining badiiy talqini xususida atroflicha ma’ruzalar qilishmoqda.