Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan millatlararo do‘stlik va totuvlik ruhini aks ettiruvchi “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida badiiy ko‘rgazma tashkil etildi.
Tadbirda viloyatdagi qozoq, koreys, rus kabi milliy-madaniy markazlar vakillari o‘z xalqining boy madaniyati, san’ati va qadriyatlarini aks ettiruvchi asarlar, milliy liboslar, tasviriy san’at namunalarini namoyish etishdi. Har bir stendda turli rang, uslub va ohangda mujassam bo‘lgan ijod namunalarining yagona g‘oyasi — do‘stlik va bag‘rikenglik ruhi yaqqol sezilib turdi.
Universitetning barcha fakultetlari talabalari ham bu ezgu tashabbusga faol qo‘shilib, o‘zlari yaratgan hunarmandchilik buyumlari, milliy naqshlar, qo‘l mehnati bilan yaratilgan san’at asarlarini taqdim etdilar.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida turli millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlik, hurmat va o‘zaro hamjihatlik g‘oyalarini yanada mustahkamlash, Vatanimizda hukm surayotgan tinchlik va totuvlik muhitining bebaho qadriyat ekanini anglatishda muhim ahamiyat kasb etdi.

.jpg)

.jpg)

